Yagona Buyurtmachi Xizmati IK

Yagona Buyurtmachi Xizmati IK Jizzax viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati Injinirng kompaniyasining Facebook'dagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz! Manzili: Jizzax shahri Sh.

Rashidov ko'chasi 100-uy.

☎️ Telefonlar: +99872 222 29 96 / +99872 222 31 59

23/06/2025

🏗 Sharof Rashidov tumanida yangi sport majmuasi barpo etilmoqda!

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani "Oqtosh ota" MFY hududidagi "Yangi O‘zbekiston" massivida zamonaviy infratuzilmalarga ega bo‘lgan “Kurash mahorati” sport maktabi qurilishi ishlari qizg'in davom etmoqda.

🏟 Loyiha doirasida quyidagilar barpo etiladi:
🔹 150 o‘rinli zamonaviy yotoqxona;
🔹 24x42 metr o‘lchamdagi sport zali;
🔹 Stadion va keng ko‘lamli mashg‘ulot maydonlari;
🔹 Sportchilar uchun oshxona.

Qurilish-montaj ishlari Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK DM buyurtmachiligi asosida, “Aziza Credo Max” MCHJ pudrat tashkiloti tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyiha qiymati 16 milliard 994 million so‘mdan ortiqni tashkil etadi.

🎯 Ushbu loyiha orqali hudud yoshlari uchun sport bilan muntazam shug‘ullanish, yurtimizda milliy kurashni rivojlantirish va sportchilar salohiyatini yanada yuksaltirish imkoniyati yaratiladi.

🇺🇿 Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lida ishonchli qadamlar davom etmoqda!

⚽️ Jizzax shahrida zamonaviy Futbol akademiyasi barpo etildi!Jizzax shahri “Qipchoq” mahallasida yangi zamonaviy talabla...
14/06/2025

⚽️ Jizzax shahrida zamonaviy Futbol akademiyasi barpo etildi!

Jizzax shahri “Qipchoq” mahallasida yangi zamonaviy talablarga javob beradigan Futbol akademiyasi foydalanishga topshirildi.

🏗 Obyekt buyurtmachisi Jizzax viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK DUK, pudratchi tashkiloti - “Ishtixon trans servis” MCHJ hisoblanadi. Futbol akademiyasining qurilish-montaj ishlariga jami 51 milliard 7 million so‘m mablag‘ ajratilgan hamda qurib bitkazildi.

✅ Akademiya tarkibida: 1 ta tabiiy va 2 ta sun’iy qoplamali futbol maydon, sport va trenajyor zallari, zamonaviy suzish havzasi, o‘quv xonalari, yotoqxona, oshxona va kutubxona mavjud.

🏆 Inshoot “So‘g‘diyona” professional futbol klubi qoshida faoliyat yuritib, 120 nafar o‘g‘il bola va 34 nafar qiz bolalarni qabul qiladi.

Ushbu zamonaviy akademiya viloyatda futbolning rivojlanishi, iqtidorli yosh sportchilar yetishib chiqishi hamda O‘zbekiston futboli kelajagi uchun mustahkam poydevor bo‘ladi.

OAV vakillari uchun matbuot anjumani va press-tur bo'lib o'tdiBugun, Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizma...
22/05/2025

OAV vakillari uchun matbuot anjumani va press-tur bo'lib o'tdi

Bugun, Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK DUK tomonidan tashkil etilgan navbatdagi matbuot anjumanida jurnalistlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Anjumanni Kompaniyaning tanlov savdolarini tashkil etish va xo‘jalik shartnomalari munosabatlari bo‘limi boshlig‘i Oybek Ochilov ochib berdi.

Uchrashuv davomida 2024–2025-yillarda viloyat bo‘ylab olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, bugungi k***a “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK tomonidan 1 trillion 61 milliard 896 million 381 ming so‘mdan ortiq qiymatga ega 177 dan ziyod ijtimoiy, iqtisodiy va infratuzilmaviy obyektlarda qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Jizzax shahrining bir necha mahallalariga press-tur tashkil qilinib, 135 dan ortiq ko‘p qavatli uylarda amalga oshirilayotgan ta'mirlash ishlari tanishtirildi.

16/05/2025

Jizzax shahrida ko‘p qavatli uylar zamonaviy qiyofa kasb etmoqda!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 31 dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PK-468-sonli qaroriga muvofiq, Jizzax shahridagi ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash, ularning tashqi qiyofasini yaxshilash va muhandislik infratuzilmasini yangilash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Loyihalar Jizzax viloyat hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” Injiniring kompaniyasi DUK buyurtmachiligida olib borilmoqda.

Hozirgacha Jizzax shahrining bir qator mahallalaridagi ko‘p qavatli uylarda fasad qismlarini bazalt qoplamasi bilan qoplash, tom qismlarini shifer yoki profnastil bilan yangilash, yerto‘la qismlaridagi muhandislik kommunikatsiya quvurlarini almashtirish, ichki issiqlik tizimlarini tiklash va ta’mirtalab uylarni to‘liq ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Sayiljoyi” mahallasida 8 ta uyning fasadi va tom qismi, yerto‘la kommunikatsiyalari yangilanmoqda. “Toshloq” mahallasining 1 ta uyi, “Yoshlik” mahallasining 37 ta uyi, “Zargarlik” mahallasining 50 ta uyi, “Zilol” mahallasining 2 ta uyi, “Ittifoq” mahallasining 31 ta uyi hamda “Qassoblik” mahallasining 6 ta uyida ham shunday qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ushbu ishlar natijasida shahar aholisi uchun yanada qulay va xavfsiz turarjoy shart-sharoitlari yaratiladi, uylarning tashqi qiyofasi zamonaviylashtiriladi, muhandislik infratuzilmalari esa talab darajasida ishlashi ta’minlanadi. Umumiy hisobda, loyihalar bo‘yicha shartnomalarning umumiy qiymati 69 milliard 375 million 500 ming so‘mdan ortiqni tashkil etmoqda.

Bu ishlar Jizzax shahridagi uy-joy fondlarining zamonaviylashuviga, aholining hayot sifati yaxshilanishiga va shahar infratuzilmasining barqaror rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

14/05/2025

Jizzax shahridagi ko‘p qavatli uylar ta’mirlanmoqda

Jizzax shahri “Sayiljoyi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning fasad qismini bazalt materiallari bilan qoplash va tom qismini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ta'mirlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-468-sonli qarori asosida hamda Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi DUK buyurtmasiga binoan bajarilmoqda.

Pudratchi tashkilot sifatida “Forish Stroy” MCHJ jalb qilingan. Tom va fasad qismini ta’mirlash bo‘yicha tuzilgan shartnoma umumiy qiymati 7 milliard 596 million 57 ming 104 so‘mni tashkil qiladi.

Qurilish-ta’mirlash jarayonlari 160 kun davom etadi va obyektni foydalanishga topshirish muddati 2025-yil 15-oktabr etib belgilangan.

08/05/2025

Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qurilishi yakuniy bosqichda

Jizzax shahrining "Oqqo‘rg‘onlik" MFY hududida viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qurilishi bosqichma-bosqich yakunlanmoqda. Obyekt yaqin kunlarda foydalanishga topshiriladi.

Hozirda ichki jihozlash, mebellar bilan ta’minlash ishlari bilan bir qatorda, atrof hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ham jadal olib borilmoqda.

Yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan mazkur markaz Jizzax aholisi uchun zamonaviy va keng qamrovli tibbiy xizmatlarni bir joyda olish imkonini yaratadi. Bu sog‘liqni saqlash tizimida sifat jihatidan yangi bosqich bo‘lishi shubhasiz.

Send a message to learn more

9-may – Xotira va Qadrlash kuniBugun, 9-may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Jizzax shahridagi Xotira hiyoboni...
08/05/2025

9-may – Xotira va Qadrlash kuni

Bugun, 9-may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Jizzax shahridagi Xotira hiyobonida joylashgan “Motamsaro ona” haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ezgu tadbirda viloyatdagi turli tashkilotlar qatori, Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi davlat unitar korxonasi xodimlari ham faol ishtirok etdilar.

Bu sana – xalqimizning mard o‘g‘lonlari tomonidan ko‘rsatilgan fidoyilik, jasorat va sabr-toqatning unutilmas ramzidir. Biz barchamiz bugungi tinch va osoyishta hayot uchun minnatdormiz.

Xotira muqaddas, qadrlash burch!

02/05/2025

Yangi tibbiyot markazi: Jizzax sog‘liqni saqlash tizimi uchun muhim qadam

Jizzax shahrining "Oqqo‘rg‘onlik" MFY hududida viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qurilishi bosqichma-bosqich yakunlanmoqda.

Obyekt buyurtmachisi — Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK DUK, pudratchi esa “Agro Kvant” MChJ hisoblanadi. Loyiha "Jizzax Tadqiqot" MChJ tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, umumiy qiymati 90,6 milliard so‘mni tashkil etadi.

7 qavatli bino to‘liq qad rostlagan, tom yopilgan, tashqi pardozlash, isitish tizimi, elektr tarmoqlari va pol qoplamalari ishlari bajarilgan. Ayni paytda esa ichki ta’mirlash, mebel va jihozlar bilan ta’minlash hamda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Ushbu tibbiyot markazi foydalanishga topshirilgach, Jizzax aholisi uchun zamonaviy, ko‘p tarmoqli tibbiy xizmatlar yanada yaqin va sifatli bo‘ladi.

Send a message to learn more

🎨Ijod – kelajak sari dadil qadamlardan biri!  Bugun Jizzax viloyati Zarbdor tumani 1-sonli maktab-internatida o‘quvchila...
19/04/2025

🎨Ijod – kelajak sari dadil qadamlardan biri!

Bugun Jizzax viloyati Zarbdor tumani 1-sonli maktab-internatida o‘quvchilar tomonidan yaratilgan ijodiy ishlanmalar — chiroyli kartinalar, idish-tovoqlar, milliy va zamonaviy kiyim-kechaklar taqdim etilgan yarmarka bo‘lib o‘tdi.

🧵 Har bir mahsulot – bu bolalarning mehnati, orzusi va qalbidan otilib chiqqan ilhom mahsuli. Yarmarkada sotuvga qo‘yilgan mahsulotlardan tushgan mablag‘lar to‘liq ularning mualliflariga topshiriladi. Bu esa o‘quvchilarni yanada ko‘proq izlanishga, ijod qilishga, o‘z imkoniyatlarini sinashga undaydi.

🏞 Jizzax viloyati hokimligi "Yagona buyurtmachi xizmati" IK DUK tomonidan ushbu yarmarkadan ikkita go‘zal kartina — biri ot tasvirlangan, ikkinchisi esa tabiat manzarasini aks ettirgan asar xarid qilindi. Bu nafaqat moddiy ko‘mak, balki yosh iste’dodlar uchun chinakam motivatsiya va e’tibor timsoli bo‘ldi.

Reabilitatsiya markazi yangilandi: bemorlar zamonaviy sharoitda davolanmoqdaJizzax shahridagi nogironligi bo‘lgan shaxsl...
18/04/2025

Reabilitatsiya markazi yangilandi: bemorlar zamonaviy sharoitda davolanmoqda

Jizzax shahridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazida olib borilgan keng ko‘lamli qurilish-montaj ishlari yakunlanib, obyekt to‘liq foydalanishga topshirilgan edi.

Ushbu loyihaga ko‘ra, mavjud 50 o‘rinli bino va inshootlar mukammal ta’mirlandi, qo‘shimcha 50 o‘ringa mo‘ljallangan yangi yotoqxona binosi barpo etildi. Bemorlar bugungi k***a zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan muhitda sifatli tibbiy xizmatlar olishmoqda.

Qurilish ishlari Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati IK” DUK buyurtmasiga asosan, “Oqdaryo quruvchi savdo” MChJ tomonidan amalga oshirildi. Loyiha hujjatlariga ko‘ra, umumiy harajatlar 13 milliard 216 million so‘mdan ortiqni tashkil etdi.

Ushbu muhim infratuzilma yurtimizda imkoniyati cheklangan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir amaliy ifodasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Jizzax shahridagi qurilish obyektlarida monitoring ishlari o'tkazildiJizzax viloyati prokurori o‘rinbosari Alisher Mirzo...
10/04/2025

Jizzax shahridagi qurilish obyektlarida monitoring ishlari o'tkazildi

Jizzax viloyati prokurori o‘rinbosari Alisher Mirzoev hamda Jizzax viloyati hokimligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi xizmati" IK DUK direktori Dostonbek Qoplonov kompaniya buyurtmachiligi asosida Jizzax shahridagi yirik qurilish maydonlariga tashrif buyurdi.

🔎 Tashrif davomida "Yangi O‘zbekiston" massivi hududida barpo etilayotgan ijtimoiy soha obyektlari — umumta'lim maktabi, maktabgacha ta'lim muassasasi, poliklinika va sport inshootlarida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari holati o‘rganildi.

🏥 Shuningdek, “Oqqo‘rg‘onlik” mahallasida joylashgan Jizzax shahar tibbiyot birlashmasi tarkibida bo‘ladigan 270 o‘rinli zamonaviy tibbiyot kompleksi qurilish jarayonlari ham ko‘zdan kechirildi.

🔧 Tashrifdan asosiy maqsad — qurilishning sifati, muddatlarga rioya qilinishini tahlil qilish va muhim tavsiyalar berishdan iborat bo‘ldi.

"Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi bo‘yicha biriktirilgan oilalar bilan uchrashuv o'tkazildiO‘zbekiston Respublik...
01/04/2025

"Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi bo‘yicha biriktirilgan oilalar bilan uchrashuv o'tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi doirasidagi PQ-330-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati IK” DUK direktori Dostonbek Qoplonov Paxtakor tumani “Olmazor” MFY hududida 5 ta ehtiyojmand oila (N. Husanova, K. Esirgapova, A. Kubayev, Sh. Asrorov va N. Rasulova) bilan uchrashdi.

Oilalar bilan suhbatlashib, ularning yashash sharoitlari, ijtimoiy-iqtisodiy holati chuqur o‘rganildi. Har bir ishsiz oila vakilini ish bilan ta’minlash, tibbiy yordam ko‘rsatish va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar ko’rsatish yuzasidan fikr almashdilar.

Ushbu uchrashuvdan maqsad ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Address

Sh. Rashidov Ko'chasi 100-uy
Jizzakh

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00
Saturday 09:00 - 17:00

Telephone

+998993557512

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Yagona Buyurtmachi Xizmati IK posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Yagona Buyurtmachi Xizmati IK:

Share