Gullar Гуллар

Gullar Гуллар Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Gullar Гуллар, Garden Center, Tashkent.

Пальма арека (Areca palm) Areka palmasi haqida. Kapalak palma ham deyiladi.Suvlash: yozda har 2 haftada bir martta, qish...
07/12/2025

Пальма арека (Areca palm) Areka palmasi haqida. Kapalak palma ham deyiladi.

Suvlash: yozda har 2 haftada bir martta, qishda har 3 haftada bir martta.
O’simlik ortiqcha namlikni va quruqlikni yoqtirmaydi. Ortiqcha namlik va quruqlik o’simlikni nobud qilishi mumkin. Ushbu o’simlik tuprog’ini har kuni barmoq yordamida tekshirib turish tavsiya etiladi. Suv sizib turadigan darajada namlik yoki tuprog’i qotib ketadigan darajada quruqlik bo’lmasligi kerak. Ammo qish kunlari suvlash kunigacha tuproqning quruq turishi yomon holat emas, bu holatdan qo’rqmasangiz ham bo’ladi.

Quyosh nuri: yorug’likni yaxshi ko’radi lekin to’g’ridan-to’g’ri quyosh nuriga chidamli emas.
Ushbu o’simlikning eng yoqtirgan maskani deraza oynalari yoni lekin quyosh barglariga tushmasligi kerak!

Temperatura:
Areka palmasi +16 +24C oralig’ida yaxshi yashaydi

Qanday parvarish qilinadi?
Areka palmasini tez-tez gultuvakdan boshqasiga alishtirish mumkin emas. Birinchi 3 yillikda gultuvakka tegmaganingiz maqul. Gultuvak kattaroq bo’lgani maqul chunki har 2 oyda qo’shimcha yumshatuvchi fertilizer solib turish kerak. Va ahamiyatli jihati ushbu o’simlikka mahsus qumli palma tuprog’i kerak bo’ladi. Oddiy yer tuprog’ida kasallanib qolish yoki rivojlanmay qolish ehtimollari mavjud.

Honangizning havosi toza va kayfiyatingiz yuqori bo’lishini istasangiz ushbu o’simlikni tavsiya etamiz 🌴🌴🌴

#пальма #цветы #гул #гуллар #пальмаарека

Paporotnik (нефролепис) juda ham foydali òsimliklardan biri hisoblanadi. U havodagi chang va zaharli moddalarni tozalash...
01/04/2023

Paporotnik (нефролепис) juda ham foydali òsimliklardan biri hisoblanadi. U havodagi chang va zaharli moddalarni tozalashga yordam beradi. Agar honangizda doimiy toza havo hohlasangiz ushbu òsimlik sizga yordam beradi.
- Paporotnik yoruģlikni yaxshi kòradi lekin tòģridan-tòģri quyosh nurini yoqtirmaydi. Ushbu òsimlikni doimiy yoruģ lekin quyosh nuri tik tushmaydigan joyda saqlash maqsadga muvofiq.
- Paporotniklar yumshoq torfli tuproqlarni yaxshi kòradi. Ildizlari popuksimon va mayin bòlgani uchun yumshoq tuproqda tez rivojlanadi.
- Paporotnik namni yaxshi kòradi lekin doimiy namlikni emas. Qish kunlari 7-10 k***a bir martta, yoz kunlari haftada 2 martta suvlab tursangiz yetarlidir. Va albatta yaproqlariga yoz kunlarida 2 k***a bir martta suv purkab turish lozim. Paporotnik nordon va tuzli suvni yoqtirgani uchun unga oyda 2 martta magneziyali suv purkab turish kerak. Shunda barglari yashnab turadi. 1 litr suvga 1 dona magneziya ampulasidagi suyuqlikni soling va ushbu òsimlikka har 15 k***a purkab turing.

#папоротник #Нефролепис #цветы #гуллар


Address

Tashkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Gullar Гуллар posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Category