07/04/2023
Zamonaviy arxitekturada eng yaxshi ayol arxitektor deb tan olingan Zaha Hadidni bilasizmi? Bugun uning eng yaxshi TOP3 loyihalarini ko’rib chiqamiz. Qani kettik
Uchinchi o’rinda bizda Bejing Daxing Xalqaro aeraporti
Zaha Hadid tomonidan ko'zda tutilgan 7,5 million kvadrat futlik terminal dastlab yiliga 45 million yo'lovchini qabul qiladi. Bu raqam 2025 yilga borib yiliga 72 million yoʻlovchiga va oxir-oqibat yiliga 100 million yoʻlovchiga yetishi kutilmoqda. Aeraportning maydoni 97 ta futbol maydoniga teng bo’lib, u dunyodagi eng katta aeraport hisoblanadi.
Qiymati 11,5 milliard dollarlik loyihaning qurilishi 2014-yilda boshlangan, uning qurilishida 40 000 dan ortiq ishchi ishlagan.
ikkinchi o’zinda o’rinda Xitoydagi Galaxy SOHO
Galaxy SOHO — Pekin markazidagi ofis, chakana savdo va ko‘ngilochar majmua. 2012 yilda Zaha Hadid tomonidan qurib bitkazilgan. Bino temir-beton, alyuminiy, tosh, sh**ha va zanglamaydigan po'latdan yasalgan. 4 binodan iborat majmua butunlay burchaklarsiz bo'lib, Zaha Hadid ta'kidlashicha, "hovlilar ochiq maydonlarning ichki dunyosini yaratadigan an'anaviy Xitoy me'morchiligini aks ettiradi". Kanyonga o’xshash platformalar, hovlilar va piyodalar ko'prigi bilan bog'langan to'rtta sharsimon tuzilmani o'z ichiga oladi, jami 18 qavat, ulardan 3 tasi yer ostida.
Binno qurilishiga sarflangan mablag’ 67 mln dollarni tashkil etadi.
Va nihoyat birinchi o’rinda Ozarbayjondagi Haydar Aliyev loyihasi.
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrining qoq markazida joylashgan ushbu diqqatga sazovor madaniyat markazi Zaha Hadid tomonidan mamlakatdagi modernizatsiya va taraqqiyot ramzi sifatida 2012 yilda qurilgan.
Bino Neo-futurizm stilidan qurilgan bo’lib, binoni qurishga 250mln$ sarflangan. Binoning loyihasi yakunlagandan keyin, koplab qurilish kompaniyalari bu binoni qurishdan bosh tortishgan chunki bunday murakkab shakldagi binoni qurish ilojsiz deb oylashgan. Keyinchalik DIA holding qurilish komaniyasi loyihani qurishni o’z zimmasiga oladi va naqd 5yilda binoni qurib bitkazadi.
Sizga Zaha Hadidning qaysi loyihasi yoqadi, javobingizni izohlarda yozib qoldiring.