30/12/2025
Bugun “O‘zshaharsozlik LITI” DMda Yangi yil bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda muassasa Bosh direktori Bobir Elmuradov so‘zga chiqib, jamoani kirib kelayotgan Yangi yil bilan muborakbod etdi.
Shuningdek, tadbir davomida joriy yil yakunlari sarhisob qilinib, yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan natijalar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
💐Bayram tadbiri doirasida o‘zining namunali mehnati, mas’uliyatli yondashuvi va yuksak tajribasi bilan muassasa faoliyatiga munosib hissa qo‘shgan xodimlar Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi hamda muassasa rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
✨Shu bilan birga, muassasada uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriy xodimlarning institut ravnaqiga qo‘shgan munosib hissalari e’tirof etilib, ularga Yangi yil sovg‘alari topshirildi.