Uzeltexsanoat

Uzeltexsanoat Ассоциация предприятий электротехнической промышлен?

➡️    ⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasida O‘zbeki...
26/05/2026

➡️

⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari hamda elektrotexnika sanoati tadbirkorlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

➡️ Uchrashuv davomida tarmoq korxonalari faoliyatida uchrayotgan dolzarb masalalar, ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda sohani yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.

➡️ Muloqotda tadbirkorlar tomonidan soliq va moliyaviy mexanizmlar, ishlab chiqarish xarajatlari, eksport salohiyatini oshirish, mahalliylashtirish jarayonlari, shuningdek, elektrotexnika sanoatida raqobatbardoshlikni kuchaytirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

➡️ Mas’ullar tomonidan tadbirkorlar ko‘targan savollar va takliflar atroflicha tinglanib, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ishlab chiqilishi qayd etildi.

➡️    ⚡️ Xorijiy hamkorlar uchun “TEXNOPARK” korxonasiga VIP tur tashkil etildi➡️ “INTELLIGENT BUILDING EXPO TASHKENT-20...
21/05/2026

➡️

⚡️ Xorijiy hamkorlar uchun “TEXNOPARK” korxonasiga VIP tur tashkil etildi

➡️ “INTELLIGENT BUILDING EXPO TASHKENT-2026” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas’ullari, “Messe Frankfurt” kompaniyasi hamda uning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi - BMCA kompaniyasi hamkorligida “TEXNOPARK” korxonasiga VIP tur tashkil etildi.

➡️Tashrifda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan kelgan hamkorlar hamda potensial xaridorlar ishtirok etdi. Mehmonlar korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologik quvvatlari, mahsulot turlari va eksport salohiyati bilan yaqindan tanishdilar.

➡️ Mazkur VIP tur xorijiy hamkorlarga O‘zbekiston elektrotexnika sanoatining amaliy imkoniyatlarini bevosita namoyish etish, savdo aloqalarini kengaytirish hamda yangi hamkorlik yo‘nalishlarini shakllantirishga xizmat qiladi.

➡️ Tashrif davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, mahalliy mahsulotlarni mintaqaviy bozorlarga kengroq olib chiqish va istiqbolli loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

➡️      ⚡️ Xitoy kompaniyalari bilan investitsiya va sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlari muhokama qilindi➡️ O‘zbekiston ...
21/05/2026

➡️

⚡️ Xitoy kompaniyalari bilan investitsiya va sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlari muhokama qilindi

➡️ O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Xitoy Xalq Respublikasining Chjunshan shahri Xalqaro savdoni rag‘batlantirish qo‘mitasi bosh direktori Lin Chjun boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

➡️ Uchrashuvda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi hamda Xitoy delegatsiyasi tarkibidagi elektrotexnika sanoati yo‘nalishida faoliyat yurituvchi kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

➡️ Muloqot davomida O‘zbekiston elektrotexnika sanoatining investitsiyaviy salohiyati, ishlab chiqarish imkoniyatlari, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

➡️ Shuningdek, xorijiy hamkorlarga mamlakatimizda investorlar uchun yaratilgan sharoitlar, mahalliylashtirish dasturlari hamda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

➡️    ⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Suriya bozoridagi imkoniyatlarni o‘rgandi➡️ Suriya Arab Respublikasiga tashrif...
21/05/2026

➡️

⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Suriya bozoridagi imkoniyatlarni o‘rgandi

➡️ Suriya Arab Respublikasiga tashrif doirasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov mahalliy bozor holati, iste’molchilar talabi hamda elektrotexnika mahsulotlari segmentidagi mavjud imkoniyatlarni o‘rgandi.

➡️ O‘rganishlar davomida Suriya bozorida yurtimizda ishlab chiqarilayotgan elektrotexnika mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj, raqobat muhiti, mahsulotlar assortimenti va savdo tarmoqlari faoliyati tahlil qilindi.

➡️ Mazkur jarayon O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlarini Suriya bozoriga tizimli olib kirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi eksport yo‘nalishlarini belgilash hamda amaliy hamkorlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qiladi.

    ⚡️ Ohangaronda "Premier" konditsionerlari ishlab chiqarish zavodi tantanali ravishda ishga tushirildi📍 Bugun Ohangar...
21/05/2026



⚡️ Ohangaronda "Premier" konditsionerlari ishlab chiqarish zavodi tantanali ravishda ishga tushirildi

📍 Bugun Ohangaron tumanidagi “Eltech Industrial” texnoparki hududida Premier maishiy texnika mahsulotlari, xususan konditsionerlar ishlab chiqarish zavodining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🏭 Mazkur yirik loyiha Birlashgan Arab Amirliklarining Fajr Al Mustaqbal General Trading kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan bo‘lib, uning umumiy qiymati 30 million AQSH dollarini tashkil etadi.

🔹 Korxona 10 gektar maydonda barpo etilgan bo'lib, 250 ta yangi ish o‘rni yaratild. Endi yiliga 4 million dollarlik eksport amalga oshiriladi va qariyib 87 million dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga erishiladi.

🌍 Korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotlar Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya, Qirg‘iziston hamda Afg‘oniston bozorlariga eksport qilinishi ko'zda tutilgan.

ℹ️ Ma’lumot uchun: joriy yilning fevral oyida Prezidentimiz Ohangaron tumaniga tashrifi davomida ushbu loyiha faoliyati bilan yaqindan tanishib, elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahalliylashtirish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha muhim vazifalarni belgilab bergan edi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram

➡️  ⚡️ “SamFerre” korxonasi Suriya bozori bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi➡️Suriya Arab Respublikasida bo‘lib o...
20/05/2026

➡️

⚡️ “SamFerre” korxonasi Suriya bozori bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi

➡️Suriya Arab Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan Suriya–O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo “SamFerre” korxonasi tomonidan hamkorlik memorandumi imzolandi.

➡️Mazkur kelishuv O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlarini Suriya bozoriga yetkazib berish, savdo aloqalarini kengaytirish hamda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

➡️Memorandumning imzolanishi mahalliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro bozorlardagi ishtirokini kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish va O‘zbekiston elektrotexnika sanoati mahsulotlariga yangi savdo yo‘nalishlarini ochishda muhim qadam bo‘ldi.

➡️      ⚡️ Suriya–O‘zbekiston iqtisodiy forumida elektrotexnika sanoati imkoniyatlari namoyish etilmoqda➡️ Suriya Arab R...
20/05/2026

➡️

⚡️ Suriya–O‘zbekiston iqtisodiy forumida elektrotexnika sanoati imkoniyatlari namoyish etilmoqda

➡️ Suriya Arab Respublikasining Aleppo shahrida "Suriya–O‘zbekiston iqtisodiy forumi" bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur forum ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash hamda qo‘shma loyihalarni muhokama qilish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

➡️ Forumda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi M.Yunusov boshchiligidagi O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari vakillari ham ishtirok etmoqda. Tadbir davomida yurtimizda ishlab chiqarilayotgan elektrotexnika mahsulotlari, tarmoqning eksport salohiyati hamda xorijiy hamkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar taqdim etilmoqda.

➡️ Shuningdek, forum doirasida Suriya ishbilarmon doiralari bilan B2B uchrashuvlar o‘tkazilib, mahsulot yetkazib berish, savdo aloqalarini kengaytirish va sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

➡️ Ushbu forum O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlarini Suriya bozoriga olib kirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi eksport yo‘nalishlarini shakllantirish hamda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

➡️      ⚡️ “INTELLIGENT BUILDING EXPO TASHKENT-2026” xalqaro ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi➡️ Bugun Tosh...
20/05/2026

➡️

⚡️ “INTELLIGENT BUILDING EXPO TASHKENT-2026” xalqaro ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

➡️ Bugun Toshkent shahrida “INTELLIGENT BUILDING EXPO TASHKENT-2026” xalqaro ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

➡️ Mazkur ko‘rgazma aqlli binolar, muhandislik tizimlari, energiya samaradorligi, zamonaviy qurilish yechimlari hamda elektrotexnika sanoati yo‘nalishidagi ilg‘or texnologiyalarni bir maydonda jamladi.

➡️ Germaniyaning "Messe Frankfurt" kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu xalqaro ko‘rgazmaning O‘zbekistonda o‘tkazilishida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi asosiy hamkorlardan biri sifatida ishtirok etmoqda. Ochilish marosimida uyushma raisi o‘rinbosari Faridun Abdualimov qatnashdi.

➡️ Ko‘rgazma doirasida mahalliy va xorijiy kompaniyalar o‘z mahsulotlari, innovatsion ishlanmalari hamda zamonaviy texnologik yechimlarini namoyish etmoqda. Shuningdek, ishtirokchilar o‘rtasida savdo aloqalarini kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va yangi hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

➡️ “INTELLIGENT BUILDING EXPO TASHKENT-2026” ko‘rgazmasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun xalqaro tajribani o‘rganish, xorijiy hamkorlar bilan bevosita muloqot qilish hamda O‘zbekiston elektrotexnika sanoati salohiyatini keng namoyish etish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

⚡️ O‘zbekiston milliy mahsulotlari Suriyada namoyish etiladi➡️ Suriya Arab Respublikasida O‘zbekiston milliy mahsulotlar...
19/05/2026

⚡️ O‘zbekiston milliy mahsulotlari Suriyada namoyish etiladi

➡️ Suriya Arab Respublikasida O‘zbekiston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi, shuningdek, B2B va G2B formatidagi uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

➡️ Mazkur tadbirlarda ishtirok etish maqsadida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov boshchiligidagi elektrotexnika sanoati korxonalari vakillaridan iborat delegatsiya Suriyaga yetib bordi.

➡️ Tashrif davomida O‘zbekiston elektrotexnika sanoati salohiyatini namoyish etish, mahalliy mahsulotlar eksportini kengaytirish, yangi savdo hamkorlarini jalb qilish hamda ikki tomonlama amaliy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

➡️ Ushbu tadbirlar O‘zbekiston mahsulotlarining xorijiy bozorlardagi ishtirokini kengaytirish va milliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi eksport yo‘nalishlarini ochishda muhim ahamiyat kasb etadi.

➡️      🇺🇿🇩🇪  “O‘zeltexsanoat” uyushmasi Germaniyaning VARTA AG kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytiradi➡️ “O‘zeltexsa...
18/05/2026

➡️

🇺🇿🇩🇪 “O‘zeltexsanoat” uyushmasi Germaniyaning VARTA AG kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytiradi

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov Germaniyaning VARTA AG kompaniyasi kuzatuv kengashi raisi Günther Apfalter bilan muzokara o‘tkazdi. Uchrashuvda elektrotexnika sanoati, xususan, akkumulyator texnologiyalari, energiya saqlash tizimlari yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

➡️ Muloqot davomida O‘zbekiston elektrotexnika sanoatida yaratilayotgan imkoniyatlar, mahalliy ishlab chiqarish salohiyati, eksport geografiyasini kengaytirish hamda xorijiy kompaniyalar bilan qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

➡️ Tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlash, amaliy hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlashtirish hamda kelgusida qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

⚡️ Toshkentda yubiley TIIF-2026 xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi➡️ 2026-yil 16–19-iyun kunlari Toshkent shahrid...
18/05/2026

⚡️ Toshkentda yubiley TIIF-2026 xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi

➡️ 2026-yil 16–19-iyun kunlari Toshkent shahrida beshinchi - yubiley Tashkent International Investment Forum (TIIF-2026) tashkil etiladi.

➡️ Forum Markaziy Osiyodagi yetakchi investitsiya maydonlaridan biri sifatida investorlar, hukumat vakillari, xalqaro moliya institutlari hamda global biznes yetakchilarini birlashtiradi.

➡️ TIIF-2026 o‘tgan yili yuqori natijalar bilan o‘tgan TIIF-2025ning mantiqiy davomi bo‘ladi. Avvalgi forumda 97 ta davlatdan 8 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashib, umumiy qiymati 30,5 milliard AQSh dollaridan ziyod investitsiya bitimlari va savdo shartnomalari imzolangan edi.

➡️ Yubiley forum doirasida investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, yangi loyihalarni taqdim etish, B2B va B2G uchrashuvlarni tashkil etish hamda O‘zbekistonning sanoat va iqtisodiy salohiyatini xalqaro maydonda namoyish etish rejalashtirilgan.

🎤 Ro‘yxatdan o‘tish: https://tiif.online/registration

🎤 Batafsil: https://gov.uz/oz/miit/news/view/138136

Address

Ko’kcha Darvoza Ko’chasi 10-uy
Tashkent
100140

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Uzeltexsanoat posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share